Mudofaa vazirligi “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish to`g`risida” Prezident farmon loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat loyihasida qayd etilishicha, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 75 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta`sis etiladi.
“Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945 yillardagi Ulug` Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g`alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g`alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo`lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan.
Shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulug` Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o`rnak ko`rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo`yicha shtat lavozimida bo`lganlik to`g`risidagi guvohnomaga ega bo`lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan shaxslarga 8 million so`m miqdorda bir martalik pul mukofotini berish belgilangan.
Farmon loyihasida 2020 yil 1 fevraliga qadar yubiley medallarini topshirish topshirig`i bayon etilgan.






