Yurtimizda ilk marotaba O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta`lim olayotgan o`zbekistonlik yoshlar uchun «Career Bridge» loyihasi doirasida videokonferensiya o`tkazildi.
To`g`ridan-to`g`ri muloqot shaklida tashkil etilgan videokonferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya va Latviyadagi etakchi oliy ta`lim muassasalarining 2000 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etdi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi onlayn-konferensiyada so`nggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga tizimida mavjud bo`sh ish o`rinlari haqida taqdimot o`tkazdi.
Onlayn-muloqotda vazirlik xorijdagi vatandoshlarimizni oliy ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga va vatanimiz ravnaqiga birgalikda hissa qo`shishga chaqirdi.






