Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida bugun, 21 fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlari ishtirokida bo`lib o`tgan anjuman o`z ishini yakunladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni Jozef Votel tadbir so`ngida jurnalistlarga bayonot berdi.
“Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari ishtirok etgan ushbu anjumanni tashkillashtirishda beg`araz yordam ko`rsatgan O`zbekiston Prezidenti hamda Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildiraman.
Mazkur anjumanni o`tkazishda O`zbekistonning AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligiga ko`rsatayotgan yordami Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash yo`lida muhim rol o`ynaydi. Mintaqada xavsfizlikni ta`minlash hamda barqarorlik uchun tahdidlarga kurashish maqsadida yig`ilgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan ham minnatdorman.
Amerika Qo`shma Shtatlari mintaqadagi hamkorlarimizning suvereniteti va barqarorligini ta`minlashda, o`zaro munosabatlarimizni rivojlantirish hamda mustahkamlashga doim tayyor.
Men ushbu anjumanni o`tkazishga shaxsan yordam ko`rsatgan va mintaqada xavfsizlikni ta`minlash uchun kelajakda qay yo`sinda hamkorlikni amalga oshirishimiz haqidagi fikrlari bilan bo`lishgan Shavkat Mirziyoevga rahmat aytaman.
Shuningdek, O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, anjumanning muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashga yordam berganidan minnatdorman. Menga hamda Markaziy va Janubiy Osiyo qurolli kuchlari bosh shtab boshliqlariga mehmondo`stligi bilan hurmat ko`rsatgan O`zbekiston xalqiga rahmat deb qolaman”, deya aytgan o`z bayonotida Jozef Votel.






