Bugun Germaniyaning Myunxen shahrida sodir bo`lgan otishmada ikki kishi halok bo`lgan.
Bu haqda Myunxen polisiyasining Tvitterdagi sahifasida axborot berilgan.
Qayd etilishicha, voqea joyida ikki jasad va o`q otar quroli topilgan.
“t-online“ axborot portalining aniqlik kiritishicha otishma qurilish maydonida sodir bo`lgan.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, ayni vaqtda aholi uchun xavf yo`q. Surishtiruv ishlari boshlangan.






