AsosiySport

Bugun O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniyada ikkinchi nazorat o`yinini o`tkazadi

'Bugun O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniyada ikkinchi nazorat o`yinini o`tkazadi'ning rasmi

Bugun terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o`yinida maydonga tushadi. Vakillarimiz "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi yig`in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e`tiborni qaratmoqda.

17 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari "La Finca" stadionida Shveysariyaning "Delemon" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o`tkazilib, terma jamoamiz a`zolari Osiyo chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

    Boshqa yangiliklar