14 fevral kuni GM Uzbekistan AJ «O`zagrosug`urta» bilan hamkorlikda Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo`lgan mijozlarga ushbu avtomobillarni muddatli to`lov orqali sotib olish bo`yicha yangi xizmatni taklif qilgandi.
Aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq Malibu (172) va Tracker (287) avtomobillari sotildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi xizmat shartlariga ko`ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so`m) Chevrolet Tracker, Tracker avtomobili puliga esa (215 mln so`m) Malibu avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo`lib to`lanadi.
Shartnoma tuzilgan vaqtda «O`zagrosug`urta» mutaxassislari o`sha joyning o`zida muddatli to`lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to`lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug`urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to`liq to`lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo`ladi. Oylik to`lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.
Aksiya 1 martga qadar amal qiladi.






