Evropaning eng etakchi banki hisoblangan Danske Bank bir qator davlatlarda o`z filiallarini yopishini ma`lum qildi, deya ma`lum qilmoqda Report nashri.
Bank ma`muriyati Rossiya, Latviya, Litva va Estoniyada pul yuvish janjali tufayli o`ziga tegishli punktlarni yopishga qaror qildi. O`tgan yili boshlangan tergov davomida qiymati 200 milliard evroga teng shubhali bitimlar tuzilgani aniqlangan. Mablag`lar Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan, asosan, Estoniya filialiga kelib tushgan.






