Shveysariyaning tog`li hududlarida bir guruh chang`ichilar qor ko`chkisida qolib ketishdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Voqea Krans-Montana kurort zonasida sodir bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, qor ostida 12 kishi qolib ketgan. Polisiya va qutqaruvchilar ulardan 4 nafarini ko`chki ostidan olib chiqishga muvaffaq bo`lishdi. Qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.






