AsosiySport

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni chempionatidan o`rin olgan "Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvini boshqaradi

'Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni chempionatidan o`rin olgan "Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvini boshqaradi'ning rasmi

Ertaga, 21 fevral kuni Saudiya Arabiston chempionati 20-turidan o`rin olgan uchrashuvda "Al-Hazm" jamoasi o`z maydonida "Al-Ittifoq" klubini qabul qiladi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi taklifiga binoan mazkur o`yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

"Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Burayda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar