AsosiyDunyo

Iroqda bir vaqtda tug`ilgan etti egizak vafot etdi

'Iroqda bir vaqtda tug`ilgan etti egizak vafot etdi  'ning rasmi

Iroqning Diyala viloyatida bir vaqtda tug`ilgan etti chaqaloqning barchasi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Iroqning “al-Sumaria” telekanali tayanib xabar berdi.

“Bir necha kun avval “Al-Battul” shifoxonasida tug`ilgan ettita go`dakning barchasi vafot etdi”, - deya ma`lum qilgan telekanalga tibbiyot muassasasidagi manba.

Telekanal go`daklarning o`limi yuzasidan batafsil ma`lumotlarni keltirmagan.

Avvalroq Diyala sog`liqni saqlash departamenti 25 yoshli ayol tabiiy yo`l bilan etti go`dak – bir o`g`il va olti qiz dunyoga keltirganini ma`lum qilgan edi.

Diyala viloyati “Al-Battul” shifoxonasi direktori Ali Sharif etti chaqaloqning tug`ilishini Iroq uchun “misli ko`rilmagan” voqea deb atagan. Ona va bolalarning ahvoli yaxshi ekaniligi haqida xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar