AsosiyJamiyat

Pokistonlik ziyoratchilar Namanganga tashrif buyurishadi

'Pokistonlik ziyoratchilar Namanganga tashrif buyurishadi'ning rasmi

Pokistonlik ziyoratchilar shu yilning mart oyida «Travel Advisers» sayyohlik kompaniyasi tashkilotchiligida Namanganga tashrif buyurishadi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bunday qaror O`zbekistonning Pokistondagi sayyohlik brendi elchisi Qosim Alishoh boshchiligidagi etakchi pokistonlik jurnalistlar va turoperatorlarning Namangan viloyatiga shu yilning 17-18 fevralidagi tashrifi chog`ida qabul qilindi.

Tashrif chog`ida pokistonlik delegasiya vakillari Chortoq, To`raqo`rg`on, Pop, Namangan tumanlari hokimligi vakillari bilan muzokaralar o`tkazishdi. Diqqatga sazovor joylar, shu jumladan «Axsikent» arxeologik majmuasi, «Sulton Uvays Qoraniy», «Mahdumi A`zam» maqbaralari va boshqa ziyorat turizmi ob`ektlari bilan tanishishdi.

    Boshqa yangiliklar