AsosiyJamiyat

MIB qoshidagi markaz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkazildi

'MIB qoshidagi markaz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkazildi 'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti “Davlat mulki ob`ektlaridan samarali foydalanish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Hujjatda keltirilishicha, davlat mulki ob`ektlarini sotishni soddalashtirish bo`yicha eksperiment o`tkazish muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o`tkazildi.

2019 yil 1 iyuldan davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini ijaraga berish savdolari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi.

“E-IJRO AUKSION”da 1 so`mga teng qiymatdagi boshlang`ich narx bo`yicha qo`yilgan davlat ko`chmas mulk ob`ektlari ular to`liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o`tkazish bo`yicha davlat komissiyasi tuzildi.

Xo`jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari to`lov muddatlarini uzaytirish va chegirmalar taqdim etish mexanizmlari qo`llanilmagan holda sotiladi.

Shuningdek, davlat organlari qarorlari bo`yicha sotilgan ob`ektlarning oldi-sotdi shartnomalari majburiy notarial tasdiqlanmaydi.

“Nol” qiymatda sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki ob`ektlari bo`yicha investisiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish o`rinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar