O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo`lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik haqida ogohlantirdi.
"Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi, qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi hamda harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`radi.






