AsosiyJamiyat

Xalq qabulxonalariga navbatdagi Cobalt rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi

'Xalq qabulxonalariga navbatdagi Cobalt rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog`iston Respublikasi shahar-tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 16 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinasi tantanali topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Prezidentimizning Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari H.Halimov va boshqalar Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilayotgan alohida yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko`tarish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o`z vaqtida aniqlash va unga echim topishda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat bilan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlashi va hal qilishi, davlat organlarining xalq bilan bevosita ishlashini nazarda tutadigan yangi tizim joriy qilinmoqda.

3e1c4959-b551-4449-9aff-da23793c0489.jpg

f15a9fc0-6b64-49d3-84f0-7e2f64759506.jpg

Shahar va tuman Xalq qabulxonalarining xizmat avtomashinalari bilan ta`minlanishi ularning xalq orasiga kirib borishi, muammolarning tezda echim topishiga xizmat qiladi. Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasidek er maydoni keng hudud uchun bu g`oyat muhimdir.

– Bu kabi e`tibor va g`amxo`rlik bizga yanada ulkan mas`uliyat yuklaydi, – deydi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog`iston Respublikasi Qorao`zak tumanidagi Xalq qabulxonasi rahbari B.Mamutov. – Aholi, xususan, nogironligi bo`lgan shaxslar, kam ta`minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning muammolariga qisqa muddatda echim topishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi M.Erniyazov so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar