Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialida O`zbekiston stomatologlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Bir umrga yorqin tabassum” stomatologik kasalliklar profilaktikasini targ`ib etish dasturi ish boshladi.
Filial talabalari shahardagi umumta`lim maktablarida targ`ibot tadbirlarini tashkil etib, o`quvchilarda yoshlikdanoq tishlarni parvarishlash ko`nikmasini shakllantirish zarurligi, e`tiborsizlik oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib bermoqdalar.
Loyiha doirasida 20 ming nafardan ortiq boshlang`ich sinf o`quvchilariga targ`ibot darslari o`tkazilib, har bir o`quvchiga gigienik to`plam tarqatish rejalashtirilgan.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligininng matbuot xizmati xabariga ko`ra, dastur joriy yilning 19 martiga qadar davom etadi.






