AsosiyJamiyat

FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo`lini go`shtqiymalagichdan chiqarib olishdi

'FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo`lini go`shtqiymalagichdan chiqarib olishdi    'ning rasmi

Samarqand viloyatining FVV xodimlari ikki yashar bolaning qo`lini elektr go`shtqiymalagichdan maxsus moslamalar yordamida chiqarib oldilar, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, 18 fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahar Beruniy ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat boshqarma navbatchilik qismiga 2017 yilda tug`ilgan farzandining o`ng qo`li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go`shtqiymalagich ichiga kirib qolganligi hamda farzandini RShTYoIM viloyati filiali jarroxlik bo`limiga olib borganligi to`g`risida xabar bergan.

Ushbu vaziyatda bolaning qisilib qolgan barmoqlarini jarohatsiz chiqarib olish bo`yicha tibbiy xodimlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi o`ta ehtiyotkorlik va mahorat bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida elektr go`shtqiymalagich maxsus moslamalar bilan kesib olindi.

Spasateli Upravleniya po chrezvchaynm situasiyam Samarkandskoy oblasti osvobodili ruku rebenka, zastryavshuyu v elektricheskoy myasorubke.

"Olib borilgan tezkor harakatlar o`z samarasini berdi va bolaning qo`li moslamadan chiqarib olindi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar