AsosiyJamiyat

Chegaradan sumka astariga kumush taqinchoqlarni yashirib o`tgan shaxs ushlandi

'Chegaradan sumka astariga kumush taqinchoqlarni yashirib o`tgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi.

Jumladan, "Shovot" chegara bojxona post orqali qo`shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro I.M. bojxona nazoratidan o`tayotganida uning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi.

Shundan so`ng fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, uning qo`l sumkasi ichki qoplamasi (astari)ostiga tikib yashirib qo`yilgan, deklarasiya va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan, og`irligi 42,30 gramm bo`lgan 14 dona ayollar kumush taqinchoqlarini olib kirishga uringani fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar