Ayollar uchun alkogol ichimliklarining asosiy xavfi topildi, deb xabar berdi Medicalxpress nashri.
Avstraliya olimlarining olib borgan tadqiqot natijalariga ko`ra, alkogol ichimliklari ayollar uchun ko`krak saratoni xastaligini keltirib chiqarishda asosiy rol o`ynarekan.
Qolaversa, alkogol ayollarda ortiqcha vazn to`planishiga, psixikaning buzilishiga sabab bo`lar ekan. Kam miqdordagi alkogol organizm uchun foydali deb bilgan ayollar xato qilishadi, deb aytishmoqda olimlar.






