2019 yilning 15 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) xavfsizlik bo`yicha konferensiya ishida qatnashayotgan Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko`ra, suhbat chog`ida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi hamda O`zbekiston – Pokiston hamkorligining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
O`zbekiston bilan Pokiston o`rtasidagi munosabatlarda so`nggi ikki yilda kuzatilayotgan faollashish davlatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun, jumladan Afg`onistondagi holatni tinch yo`l bilan bartaraf etishga ko`maklashish borasidagi sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo`yicha ob`ektiv shart-sharoitlarni yaratishi ta`kidlandi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Afg`oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan uchrashgandi.






