AsosiyDunyo

AQSh ekspertlari Shimoliy Koreyaning maxfiy raketa bazasini aniqladi

'AQSh ekspertlari Shimoliy Koreyaning maxfiy raketa bazasini aniqladi'ning rasmi

Shimoliy Koreya o`rta masofali ballistik raketalar saqlanadigan maxfiy bazaga ega, deyiladi Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (ASXTM) hisobotida.

Qayd etilishicha, maxfiy baza Shimoliy Koreyaning demilitarizasiya hududidan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan. ASXTM ma`lumotlariga ko`ra, mazkur baza KXDRning ballistik raketalar saqlanadigan 20 ta maxfiy bazalaridan biridir.

TASSning yozishicha, ASXTM hisoboti AQSh va KXDR rahbarlari o`rtasidagi ikkinchi sammitga tayyorgarlik fonida e`lon qilingan.

Avvalroq, AQSh Prezidenti Donald Tramp kutilayotgan ikkinchi sammit muvaffaqiyatli kechishiga umid bildirgan edi.

Eslatib o`tamiz, ikki mamlakat o`rtasidagi ilk sammit 2018 yil 12 iyun kuni Singapurda bo`lib etgan edi. Sammit yakunida tomonlar qo`shma bayonot qabul qildi. Bayonotda Pxenyan butunlay denuklearizasiyaga prinsipial tayyorligi, AShQ Shimoliy Koreyaga xavfsizlikni ta`minlashga kafolat berishi aytilgan. O`tgan haftada esa Donald Tramp 27-28 fevral kunlari Vetnam poytaxtida KXDR etakchisi bilan uchrashishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar