O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.
Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o`rganish va ularning echimlari topishda samarali tizimni yo`lga qo`ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga ko`plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta`kidlandi.
– Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmoniga ko`ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o`rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi, – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qo`ldoshev Xolmirza.
– Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta`minlanishi ko`zda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag`bat zimmamizdagi mas`uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u erdagi aholi muammolarini atroflicha o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.






