Evropa Komissiyasi Panama, Saudiya Arabistoni, Liviya kabi davlatlarni qora ro`yxatga kiritdi, deya ma`lum qildi RenTV.ru nashri.
Xabarlarga ko`ra, ushbu mamlakatlar terrorizmni moliyalashtirishda nazoratni zaiflashtirgan. Ularning qora ro`yxatga kirgani esa Evropa Ittifoqi bilan moliyaviy aloqalarga putur etkazadi. Mazkur holat yuzasidan Evropa banki qo`shimcha tekshiruvlar olib borishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha ushbu ro`yxatdan Eron, Iroq, Pokiston, Nigeriya kabi 23 ta mamlakatlar o`rin olgan.






