“O`zagrotexsanoatxolding” AJ O`zbekiston hududida o`zining birinchi rasmiy dileri sifatida Promzona kompaniyasi bilan tegishli shartnomani imzoladi. Endilikda ushbu kompaniya mahsulotlarini O`zbekiston hududida sotish huquqini beradi.
“O`zagrotexsanoatxolding” AJda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro`yxatiga eng talabgir qishloq xo`jaligi texnikasi: traktorlar, paxta terish mashinalari, qishloq xo`jaligi mahsulotini tashish uchun tirkamalar kiradi.
Sotilayotgan texnika ro`yxati O`zbekistonda ishlab chiqarilgan ko`plab texnikani qamrab oladi. Hammamizga mashhur TTZ traktorlari (TTZ LS-100HC, TTZ 811, TTZ-82,1 TTZ LS U62, TTZ LS i38 modellari), shuningdek o`rta tolali navli paxta xom ashyosini terishga mo`ljallangan MX-1,8 i MX-2,4 paxta terish mashinalari – shular jumlasidan, – deydi Promzona kompaniyasi rahbari Alisher Qosimov.
Shuningdek, O`zbekistonda yig`ilayotgan xorijiy modellar – Belarus , New Holland, John Deere traktorlari ham sotuvga chiqariladi. Asosan, bu universal imkoniyatga ega kamchiqim variantlar bo`lib, turli sohalarda qo`llashga mo`ljallangan.






