AsosiyJamiyat

Samarqandda Rossiya Jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi

'Samarqandda Rossiya Jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi 'ning rasmi

Samarkandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Jismoiy tarbiya va sport vazirligi.

“O`qish Rossiya Federasiyasining amaldagi o`quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. Bitiruvchilarga beriladigan Rossiya namunasidagi diplom O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasida oliy t`lim hujjati sifatida tan olinadi”, - deyilgan xabarda.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya institutining Samarqand filialiga 2019/2020-o`quv yilida voleybol, basketbol, gandbol, futbol, engil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlari bo`yicha 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi bo`limga qabul qilinadi.

Shu kunlarda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegasiya Samarqandda bo`lib turibdi.

Mehmonlar Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hamrohligida filial uchun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inshootlarini ko`zdan kechirishdi.


“Samarqand filiali universitetimizning xorijda tashkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy t`lim muassasasi samarali faoliyat yuritishini t`minlash uchun biz O`zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Shuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylashgan sport bazalarimizda amaliyot o`tashadi,” – dedi universitet rektori Tamara Mixaylova Samarkandda ochiladigan filial haqida.

Shu o`rinda t`kidlash joiz, mazkur t`lim maskanida nafaqat O`zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari t`lim olishi uchun ham imkoniyat yaratish, qolaversa, yildan-yilga mavjud yo`nalishlarni kengaytirib borish rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o`rtasida hamkorlik yo`lga qo`yilgan edi. O`tgan davr mobaynida Samarqand shahrida mazkur oliy o`quv yurti filialini ochish bo`yicha kelishuvga erishilib, bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi.

    Boshqa yangiliklar