AsosiyJamiyat

Samarqanddagi "Hunarmandlar markazi"da yong`in sodir bo`ldi

'Samarqanddagi "Hunarmandlar markazi"da yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 13 fevral kuni tongda taxminan soat 3.00 larda Samarqand shahridagi "Hunarmandlar markazi"da yong`in sodir bo`lgan.

"101" raqamiga qo`ng`iroq qilingach, yong`inni bartaraf etishga Samarqand shahridagi yong`in o`chirish guruhi etib kelgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`indan binoning katta qismi saqlab qolingan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in oqibatida markazning bir qismi zarar ko`rgan va bu erda faoliyat yuritayotgan uch-to`rt nafar hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari yonib ketgan.

Zarnews.uz nashrining xabariga ko`ra, yong`inni kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar