AsosiyJamiyat

Davlat tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini qisman qoplaydi

'Davlat tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini qisman qoplaydi'ning rasmi

Prezidentning 12.02.2019 yildagi «To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

2019 yil 1 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi 2019-2021 yillarda tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo`yicha foizlarni to`lash bilan bog`liq xarajatlarni qoplaydigan bo`ldi. Buning sharti – ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinishi kerak.

Foizlar quyidagi qismlarda qoplanadi:

  • aylanma mablag`larni to`ldirish (tayyor to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar bo`yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo`lmagan holda;
  • ishlab chiqarishni modernizasiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo`yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.

    Boshqa yangiliklar