AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta`minotida uzilishlar kuzatiladi

'Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta`minotida uzilishlar kuzatiladi'ning rasmi

Yashnobod tumanida uch qavatli ko`prik qurilishi, shuningdek, Issiqsuv ko`chasidagi D – 1400 mm. quvurining bir qismi qayta ko`chirilishi munosabati bilan 2019 yilning 18 fevralidan 20 fevraliga qadar ayrim hududlarda ichimlik suvi ta`minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ichimlik suvi tarmoqdan to`liq uziladigan hududlar:

Yashnobod tumanida:

  • Toshkent mexanika zavodi (TAPOiCh), ARMZ temir yo`l ta`mirlash zavodi, Semurg zavodi, «Korzinka Aviator» savdo markazi, Harbiy qism – 1,2,3,4 Tuzel va Aviasozlar mavzelari hamda Shohimardon, Oydinko`l, Chilonota, Yangilik, Nodirabegim, Husnobod, Iltifot, Shirmonbuloq, Muruvvat, Havaskor, Ko`lamli, Murabbiy, 1 tor Murabbiy, Katta Yangiobod, Pahlavon, Donishmand, Xislat, Shohsanam, Nigora, 1,2 tor Nigora, Tolariq, Ma`rifat, Go`zal, Sokin tor, ko`chalari va 58-son Harbiy shaharcha;

Mirzo Ulug`bek tumani:

  • Parkent, Parkent 3,4 tor, Issiqsuv, Issiqsuv 1,2,3 tor, Karnok hamda Karnok tor ko`chalari;

Suv bosimi pasayadigan hududlar:

Yashnobod tumani:

  • Asalobod 1,2 mazelar;

Suv bosimi ko`tariladigan hududlar:

Mirzo Ulug`bek tumani:

  • Do`rmon yo`li, Mingbuloq, TXAY, Qorasuv mavzesidan – Parkent ko`chasigacha.

Poytaxt ma`muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar