AsosiyJamiyat

2018 yilda O`zbekistonda 50 nafarga yaqin odam is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo`ldi

'2018 yilda O`zbekistonda 50 nafarga yaqin odam is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

2018 yilda O`zbekistonda 12 mingdan ortiq yong`in sodir bo`lib, 50 nafarga yaqin odam is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo`ldi.

O`zA xabariga ko`ra, bu statistik raqam IIV Yong`in xavfsizligi institutida “Aholi turar joylarida yong`inlar profilaktikasi va fuqarolarning is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalari” mavzusida o`tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ta`kidlandi.

Shuningdek, mazkur anjuman doirasida institut xodimlari va kursantlari yong`in o`chirish texnikalarining hamda aholi yashash uylari va maskanlarda sodir bo`lgan yong`inlarni bartaraf etishga oid ko`rgazma tashkil etildi. Nafas olishga yaroqsiz muhitda foydalaniladigan apparatlarning o`ziga xos taktik-texnik xususiyatlari ko`rsatildi.

Institut hududida joylashgan ruhiy tayyorgarlik yo`lakchalarida mavjud snaryadlardan o`tish, o`quv minorasida o`zini-o`zi qutqarish hamda ishg`ol qilish narvoni bilan 4-qavatga ko`tarilish, yong`in o`chirish amaliy sporti bo`yicha jangovar yoyilish, qo`l jangi mashqlari namoyish qilindi.

    Boshqa yangiliklar