AsosiyJamiyat

Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi

'Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi'ning rasmi

Toshkent hokimiyati “Lolazor” mahallasidagi turar-joy qurilishi haqidagi xabarlarga rasman izoh berdi.

Xokimiyat, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`lgan Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida 3 qavatli uylar buzilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi. Hokimiyat bunday qaror qabul qilmagan.

“Hokimligi huzurida o`tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo`lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o`rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.

Ko`p qavatli turar-joylarni buzish bo`yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi axolining to`liq roziligi olinganidan so`nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarimiz qonuniy huquqlari to`liq kafolatlanadi”, - deyilgan hokimiyat xabarida.

Xokimiyat Tashkenta oproverg prinyatie reshenie o snose domov v maxalle Lolazor

    Boshqa yangiliklar