Litva Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida ayol muhandislar va olimlar soni bo`yicha etakchilik qilmoqda, deya ma`lum qildi Layf.ru nashri.
Evropa statistika agentligi olib borgan tadqiqodlarga ko`ra, Litvada 57 mingdan ortiq xotin-qizlar mazkur sohalarda faoliyat olib borishmoqda. Ushbu ko`rsatgich bo`yicha ikkinchi va uchinchi o`rinni Latviya va Bolgariya egallagan. Ilmiy faoliyat bilan shug`ullanadigan ayollar ro`yxatini esa Portugaliya, Daniya, Finlyandiya davom ettiradi.






