Rossiyaning Arxangelsk viloyatida joylashgan ko`p qavatli binoda istiqomat qiluvchilar kutilmagan mehmonni qarshi olishdi, deya ma`lum qilmoqda Moya-planeta.ru nashri.
Gap shundaki, shimoliy qutb oq ayig`i turar joy binosiga kelgan va uyning yo`laklaridan biriga kirib sayr qilgan. U zinalardan yuqori qavatga ko`tarilib, atrof bilan tanishgach, yana ko`chaga chiqib ketgan. Ushbu holat esa kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Ertalab bu voqeadan xabar topgan odamlar mazkur videonii ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Oq ayiqni qaerdan kelgani va qaerga ketgani noma`lum.






