AsosiyDunyo

Istanbulda vertolyot halokatga uchradi

'Istanbulda vertolyot halokatga uchradi 'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahri yaqinida vertolyot halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.

Harbiy vertolyot Chekmekyoy tumanidagi aholi istiqomat qiluvchi hududga qulagan. Qurbonlar va jarohat olganlarning aniq soni oshkor qilinmayapti. Biroq ayrim mahalliy OAV qulash natijasida 4 nafar askar shifoxonada hayotdan ko`z yumgani to`g`risida xabar tarqatdi. Falokatning ro`y berish sabablari hozircha noma`lum. Istanbul prokuraturasi voqea yuzasidan tergov jarayonini boshlagan. Bu so`nggi uch oy ichida Istanbulda vertolyot qulashi bilan bog`liq ikkinchi hodisadir.

    Boshqa yangiliklar