Kecha, 12 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligida Isroil Davlatining elchisi va «Gadot Agro» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida Isroilning elchisi Eduard Shapira va O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev qishloq xo`jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, O`zbekiston-Isroil agroforumini 2019 yil aprelida o`tkazish taklifi ilgari surildi. Tadbir doirasida Isroilning etakchi qishloq xo`jaligi kompaniyalari respublika viloyatlariga tashrif buyurib, O`zbekiston qishloq xo`jaligi bozori bilan tanishish va ikki mamlakat fermerlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni o`rnatish rejalashtirilgan.
«Isroil qiyin iqlim va atrof-muhit sharoitida samarali qishloq xo`jaligi tizimini yaratish uchun uzoq yo`lni bosib o`tdi. Biz o`zimizning isroillik hamkasblarimizning nafaqat mahsulot sifati va miqdorini yaxshilashdagi, balki qishloq xo`jaligida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun ilg`or texnologiyalarni qo`llash bo`yicha qiziqish bildirmoqdamiz », - takidlab o`tdi uchrashuvda Jamshid Xodjaev
Isroilning diplomatik vakolatxonasi boshlig`i, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Isroil elchixonasi o`rtasida 2019 yilda «Action Plan» tayyorlash tashabbusini qo`llab-quvvatladi. Shuningdek, Isroil tomoni ikki mamlakat o`rtasida qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida «MAShAV» tashkiloti orqali hamkorlikni faollashtirishni taklif qildi.
Gadot Agro kompaniyasi vakillari paxta ekinlarining hosildorligini oshirish va tuproq sho`rlanishiga qarshi kurashish uchun tomchilatib sug`orish texnologiyalarini joriy etish uchun echimlar taklif qildilar.
Ma`lumot uchun: «Gadot Agro» kompaniyasi 1950 yilda tashkil topgan bo`lib, o`simliklarni himoya qilish va urug`lik resurslarini ta`minlash uchun echimlar taklif qiladi.






