AsosiyJamiyat

90 dona qadimiy tangalar O`zbekistondan olib chiqib ketil​ayotganda to`xtatib qolindi​

'90 dona qadimiy tangalar O`zbekistondan olib chiqib ketil​ayotganda to`xtatib qolindi​'ning rasmi

“Termiz-Vnukova” yo`nalishi uchib ketayotgan fuqaro Sh.M “Yashil” yo`lakdan harakatlanayotganda belgilangan tartibda bojxonachilar nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning qo`l yuklari orasidan bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan va qadimiyligi 50 yildan oshgan 90 (to`qson) dona Eron va Afg`onistonda zarb qilingan tangalar borligi aniqlandi va to`xtatib qolindi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra, madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to`g`risida qarorlarni faqat O`zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi qabul qiladi.

Mazkur qonunga ko`ra, davlat tomonidan muhofaza ro`yxatlari va reestrlariga kiritilgan, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan, shuningdek, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar