AsosiySport

OChL. «Paxtakor» saralash bosqichini g`alaba bilan boshladi

'OChL. «Paxtakor» saralash bosqichini g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

«Paxtakor» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini o`tkazdi. Mazkur bahsda «sherlar»ga Iroqning «Eyr Fors» jamoasi raqiblik qildi. Uchrashuv yurtdoshlarimiz uchun oson kechgani yo`q. Jaloliddin Masharipov va Marat Bikmaevning kiritgan ajoyib gollariga raqiblar bir marotaba javob berishdi. Uchrashuvda «Paxtakor» 2:1 hisobida g`alaba qozondi va saralashning uchinchi bosqichi masalasini hal qildi.

Endi poytaxtliklar 19 fevral kuni BAAda «Al Nasr» jamoasiga qarshi bahs olib boradilar. Aynan o`sha uchrashuv g`olibi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi yo`llanmasiga ega bo`ladi.

«Paxtakor» – «Eyr Fors» 2:1
O`zbekiston. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 15572 tomoshabin.
Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak San Jun, Pak Kyun Yon (Janubiy Koreya).
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Adnan (Iordaniya).
Komissar: Chuan Chin Fan (Xitoy Taypeyi).

Gollar: Jaloliddin Masharipov 77, – 1:0. Marat Bikmaev 84, – 2:0. Hammadi Ahmad 87, – 2:1.

«Paxtakor«: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Egor Krimes (S), Sherzod A`zamov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Jasurbek Yaxshiboev (Dostonbek Hamdamov, 61), Marat Bikmaev.
Zaxira: Umid Hamroev, Bobur Asqarov, Dilshod Rahmatullaev, Igor Sergeev, Bahrom Abdurahimov, Vladimir Kozak

«Eyr Fors«: Muhammad Kassid, Suad Notiq (S), Ahmad Abdulridxa, Samih Said, Zaher Medani (Ahmad Kadhim, 74), Muhammad Qosim (Hammadi Ahmad, 57), Muhammad Ali, Muayad Ajaan, Emad Mohsin, Solomon Uilyams (Ali Yusuf, 62).
Zaxira: Amjed Rahim, Ali Bahjat, Hussayn Mohsin, Mustafo Muhammad.

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov 45+18, Ibrohim Baesh 83.

    Boshqa yangiliklar