Yosh oilalarga qanday maqsadlarda mikrokreditlar beriladi? Bu savolga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
– oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
– mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo`jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan dehqon xo`jaliklari dastlabki (boshlang`ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
– yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo`jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
– oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo`yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo`lmagan miqdorda o`rnatiladi;
– ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilanadi;
– moliyaviy iste`mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilanadi.






