Mirobod tumanidagi kollej o`quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
“8 fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tibbiyot muassasasidan tomonidan ularga 18 yoshli E`zoza R. ismli fuqaro tan shikastlari bilan murojaat qilganligi to`g`risida xabar kelib tushdi”, - deyilgan xabarda.
Qizning aytishicha, u Oygul K. ismli kursdoshi va uning opasi Shaxlo K. bilan janjallashishi oqibatida tan jarohatlari olgan.
Ushbu fakt bo`yicha sud-tibbiy ekspertiza belgilandi, surishtiruv olib borilmoqda.






