Namangan viloyat bojxona boshqarmasining “Namangan aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatini aniqlashdi.
Xalqaro reys bilan “Namangan aeroportiga” uchib kelgan fuqaro A.S.ga tegishli yuklar belgilangan tartibda ko`rikdan o`tkazildi. Natijada fuqaro A.S.ning qo`l yuklari orasida Respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.
Eslatib o`tamiz, mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko`zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizasiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.
Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






