Joriy yilning 14 fevral kuni Qamchiq dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko`rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 metr sekundgacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo`lning muzlashi kutilmoqda.
«Hurmatli haydovchilar harakatlanishdan oldin avtomashinangizni texnik sozligiga va mavsumiy avtoshinalardan foydalangan holda harakatlanishingizni tavsiya etamiz», - deyiladi FVV xabarida.






