AsosiyJamiyat

Mirza Azizov “Chingiz Aytmatov” nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

'Mirza Azizov “Chingiz Aytmatov” nomidagi mukofot bilan taqdirlandi'ning rasmi

Joriy yilning 12-fevral kuni Bishkekda Maldibaev nomidagiOpera va balet teatrida Xalqaro Aytmatov klubi tomonidan 2016-2018 yillarda adabiyot va san`atyo`nalishida samarali ijod qilgan ijodkorlarni Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda turli davlatlardan kelgan yozuvchilar, rejissyor va aktyorlar ishtirok etdi.

Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlanganlar orasida vatandoshimiz O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning ham borligi o`zbek san`atiga katta e`tibordan darak beradi.

ChingizAytmatovning vatanparvarlik, tinchlik, tabiatga mehr uyg`otish kabi g`oyalar aks etgan asarlari asosida spektakllar sahnalashtirishda jonbozlik ko`rsatgani uchunMuqimiy nomidagi o`zbek davlat drama teatri rahbariMirza Azizov Chingiz Aytmatov jamoatchilik akademiyasi vakillari tomonidan e`tirof etildi. Chingiz Aytmatov nomidagi ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

O`zbek kino va teatr sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan aktyorimiz Mirza Azizovni ushbu oliy e`tirof, Xalqaro mukofot bilan tabriklaymiz!!!

    Boshqa yangiliklar