Bugun, 12 fevral kuni Toshkent shahar IIBBga Olmazor tumanida yashovchi 3 yoshli Farruh ismli bolaning derazadan tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Ma`lum bo`lishicha, buvisining uyida qarovsiz qolgan bola ayvondagi tokcha balandligidagi so`riga chiqib, 3-qavatda joylashgan uyning ochiq qolgan derazadan pastga tushib ketgan.
IIBB deraza qarshisida so`ri o`rnatishda aholini xushyorlik va e`tiborli bo`lishga chaqirib, deraza qarshisiga stul va mebellar qo`ymaslikni so`ragan.






