AsosiyJinoyat

Homilador kelinoyisini 16 marta pichoqlagan yigit 15 yilga qamaldi

'Homilador kelinoyisini 16 marta pichoqlagan yigit 15 yilga qamaldi'ning rasmi

12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga sud hukmi o`qildi. Unga Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, deya xabar beradi O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi o`z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo`lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergandik.

Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo``jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolingan. Shu kunlarda ayol farzandini dunyoga keltiradi.

    Boshqa yangiliklar