Joriy yilning 11 fevral kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining Qonliko`l tumanida joylashgan «Aziz zamin» fermer xo`jaligi dala maydonidagi vagonchada yong`in sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, yong`in o`chirish vaqtida yuqoridagi fermer xo`jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong`in oqibatida vagonchaning 22 kv.m maydonida ichki qismi, jihozlari yonib zarar ko`rgan.
IIVning aniqlik kiritishicha, baxtsiz hodisa elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqan.






