Jizzaxda viloyatida “Ilg`or hudud” innovasion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. Agentlik hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
2019 yil 1 martdan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo`yicha yirik investisiyalarni jalb qilishga yo`naltirilgan keng ko`lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan “Ilg`or hudud” innovasion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanadi.
Agentlik hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi.

“Artógraph studiyasining eng asosiy ustivor maqsadlaridan biri hududning chuqur semantik ma`noni o`zida aks ettiradigan va shu bilan birga uning moslashuvchanlinigi saqlab qoladigan belgisini yaratish iborat edi.
Jizzax viloyatining yangi logotipi o`zida uch asosiy elementni, bular: joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o`zgarib turuvchi Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementi”, - deydi studiya direktori Iskandar Haitbaev.

Tasvirda J harfining shaffofligidan go`yoki moziyda cho`l bo`lgan erda osmono`par binolarni aks ettiruvchi kelajakka oyna kabi foydalanilgan.
Bu jadal o`zgarayotgan mintaqadagi betakror imkoniyatlarga investorlarni jalb etish bo`yicha kompaniyani amalga oshirishda ajoyib imidj bo`lishi mumkin.







