Joriy yilning 10 fevral kuni Ucell ma`muriy binosi qarshisidagi avtoturargohda uyushtirilgan "tungi ko`ngilocharlikda" ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Haydovchilarga nisbatan turli xil qoidabuzarliklar uchun ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi. Ulardan 5 nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug`urta polisi bo`lmagan, 4 nafar haydovchilarning avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan edi, 2 nafar haydovchilar avtomobillarida shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus “sport” turi) o`rnatishgan edi, yana biri boshqa shaxsga tegishli bo`lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega emas edi, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo`q edi, yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo`lmagan.
Shuningdek e`tiboringizga “Spark” va boshqa avtomobillar haydovchilari drifting bilan “ko`ngilocharlik” qilayotganliklari aks etgan videoni taqdim etamiz.






