Venesuela uchun AQSh tomonidan yuborilgan gumanitar yordamning birinchi qismi Kolumbiyaning Kukuta shahridagi omborga joylashtirildi, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Ushbu shaharda Venesuela bilan chegarani kesib o`tish nazorat punktlari bor. Sal avval muxolifat siyosatchi Xuan Guaydo AQSh hukumatiga gumanitar yordam so`rab murojaat qilgan edi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro esa insonparvarlik yordamini rad etib, Kukutadagi omborni bloklashni buyurdi.






