AQShning Vashington shtatida odamlar qishki fleshmoblar tashkil etishmoqda, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda qishki ko`ngilochar o`yinlarga chaqiruvlar e`lon qilingan. Buning natijasida esa Takoma shahri markazida 3 ming kishi yig`ilgan. Odamlar guruhlarga bo`lingan holda ko`chalarda ommaviy tarzda qorbo`ron va shu kabi o`yinlarni tashkil qilishmoqda.






