Fransiyaning Parij shahrida boshpanasiz kishilar soni hisoblanmoqda, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Bu ishni bajarishga kirishgan 400 nafar mutaxassislarga 1500 dan ortiq ko`ngillilar kelib qo`yshildi. Ular uysizlar ro`yxatini tuzish uchun kechalari Parij ko`chalarini aylanishmoqda. Ro`yxatga kiritilganlar va ular haqida yig`ilgan ma`lumotlar asosida boshpanasizlarga kerakli yordam ko`rsatiladi. “Birdamlik kechasi” deb nomlanayotgan bu tadbir endilikda Fransiyaning boshqa shaharlarida ham o`tkaziladi.






