AsosiyJamiyat

Yolg`iz keksalar va nogironlar qanday oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta`minlanadi?

'Yolg`iz keksalar va nogironlar qanday oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta`minlanadi?'ning rasmi

O`zbekistonda yolg`iz keksalar va nogironlar har oyda qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta`minlanadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Xususan, o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar va nogironlar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlari bilan bepul ta`minlanadi:

  • un (oliy nav) – 3 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • grechka yormasi – 0,5;
  • makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
  • makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
  • mol go`shti (suyaksiz) – 1 kg;
  • xonaki parranda go`shti – 1 kg;
  • sariyog` – 0,2 kg;
  • tuxum (dona) – 15 dona;
  • qand-shakar – 1 kg;
  • kungaboqar yog`i – 1 litr;
  • ko`k yoki qora choy – 0,2 kg;
  • atirsovun – 0,1 kg;
  • kirsovun (65%) – 0,2 kg;
  • kir yuvish poroshogi – 0,15 kg.

    Boshqa yangiliklar