2019 yil mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi samarali kurashishda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlarga oid «Yo`l xaritasi» ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda «Zarnews».
Unda ta`kidlanishicha, viloyatda xizmat qilayotgan 697 nafar profilaktika inspektorlarining atigi 105 nafari yuridik ma`lumotga, 5 nafari esa o`rta-maxsus ma`lumotga ega.
Shu bois Samarqand shahrida Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish bo`yicha malaka oshirish o`quv kurslari tashkil etiladi.






